Kontent qismiga oʻtish

Ahmadiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ahmadiya (rasman: Ahmadiya Musulmon Jamoati; arabcha: الجماعة الإسلامية الأحمدية, al-Jamoat al-Islomiya al-Ahmadiya) — XIX asr oxirida Britaniya Hindistonida asos solingan islomiy diniy harakat[1][2]. Bu harakat Mirzo Gʻulom Ahmadning (1835-1908) hayoti va taʼlimotlari bilan yuzaga kelgan. U zot oxir-zamonda dunyoga keladigan Isloh qiluvchi (reformator) haqidagi bashoratlarning amalga oshgani va dunyodagi turli dinlarning kitoblarida hamda Islom dinida ham bashorat qilinganidek, Islom dinining soʻnggi gʻalabasini amalga oshirishi kerakligini bildirgan. U 14-hijriy asrning Mujaddidi (Xudodan kelgan Reformator), musulmonlar kutayotgan Masiyhi Mavʼud va Mahdiy ekanini bildirgan[3][4][5][6]. Ahmadiya harakatiga ergashganlar Ahmadiy musulmonlar yoki Ahmadiylar deb ataladilar. Ahmadiy musulmonlar quyidagi eʼtiqodga oʻzgacha urgʻu beradilar: Muhammad Paygʻambarga kelgan Islom insoniyat uchun oxirgi din va asrlardan beri yoʻqolib ketgan uning haqiqiy mazmuni va tub negizini asl holiga keltirishi kerak[7]. Ahmadiya oqimiga ergashganlar quyidagicha eʼtiqod qilishadi: Mirzo Gʻulom Ahmad diniy urushlarni toʻxtatish, qon toʻkishlarni tanqid qilish va qaytadan odob-axloq, adolat va dunyoda tinchlikni oʻrnatish uchun Iso Masiyhga oʻxshash boʻlib kelgan. Ular yana bunday deb eʼtiqod qilishadi: ularning fikricha, u zot Muhammad Paygʻambar va dastlabki musulmonlar amal qilib kelgan Islomning haqiqiy va muhim taʼlimotlari yordami bilan Islom dinini fanatizm va bidʼatlardan tozaladi[8]. Shunday qilib, Ahmadiylar oʻzlarini biz Islomni qaytadan jonlantirib, tinch yoʻl bilan targʻib qilishga yetakchilik qilmoqdamiz deb hisoblaydilar. Mirzo Gʻulom Ahmad 1889-yilning 23-martida mazkur harakatga asos solgan va u „Ahmadiya Musulmon Jamoati“ deb nomlangan. U zot olamdan oʻtgandan keyin bu Jamoat Xalifalar tomonidan boshqarib kelinadi va dunyoning 200dan ortiq davlatlari va mintaqalarigacha tarqalgan. Ahmadiylar Angliya va boshqa Gʻarb davlatlariga kirib kelgan eng dastlabki musulmon jamoatlaridan biri. Hozirda bu Jamoat oʻz Xalifasi – Mirzo Masrur Ahmad tomonidan boshqarib kelinmoqda va rasmiy taxminlarga koʻra yer yuzida uning soni 10-20 million oʻrtasida[9][10][11][12]. Koʻpchilik musulmonlar Ahmadiylarni kofir yoki adashgan deb bilishadi va musulmonlarning asosiy qismi ularni umuman musulmon emas deb oʻylashadi[13][14][15].

Nomning kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1889-yili Ahmadiya harakatiga asos solingan, biroq „Ahmadiya“ degan nom bir necha yillardan soʻng berilgan. 1900-yilning 4-noyabrida yozilgan bir manifestda Mirzo Gʻulom Ahmad quyidagilarni izohlagan: ushbu nom menga emas, aksincha, Muhammad Paygʻambarning ikkinchi nomi boʻlgan „Ahmad“ga tegishli. Uning aytishicha, „juda koʻp maqtalgan“ degan maʼnoni bildiruvchi „muhammad“ soʻzi Paygʻambarning ulugʻvorligi va kuch-qudratli taqdiri, buyukligi hamda kuch-quvvatiga mansub, „ahmad“ soʻzi esa arabchadan olingan „yuqori darajada maqtalgan“ va „gʻamxoʻr“ degan maʼnoni bildirib, uning vaʼzlarining goʻzalligini ifoda etadi, Muhammad Paygʻambar orqali roʻyobga chiqqan yumshoqkoʻngillik, ochiqyuzlilik, kamtarinlik, sevgi, mehribonlik kabi oʻnlab xislatlarni aks ettiradi. Shuningdek, u Muhammad Paygʻambar oʻz taʼlimotlari orqali dunyoda oʻrnatmoqchi boʻlgan tinchlikka ham tegishlidir. Shunday qilib, Mirzo Gʻulom Ahmad fikricha, mana shu nomlar Islomning ikki aspekti yoki bosqichiga mansub hamda soʻnggi paytlarda tilga olingan aspekti diqqat markazida boʻlishi kerak edi[16]. Islom dinidagi har qanday oqimlar va mazhablar qabul qilgan minglab har xil nomlarni u zot „bidʼat“ deb, Islom Paygʻambarining ushbu ikki nomi mavjud boʻlgan, deydi[17]. Shuning uchun Ahmadiylarning fikricha, „Eski Ahd“da „Musoga oʻxshash“ bir paygʻambar haqida oldindan qilingan bashorat Muhammad Paygʻambarga mansub, Qurʼon boʻyicha esa Iso Masiyh Ahmad nomli paygʻambar haqida oldindan aytgan. (Qurʼon 61:6) Shundan kelib chiqib, Mirzo Gʻulom Ahmad oʻz Jamoatiga „Ahmadiya mazhabi“ deb nom bergan: „Bu (Jamoat)ni „Ahmadiya mazhabidagi musulmonlar“ degan nom bilan ham atash durust“[18].

Eʼtiqodlarining xulosasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu Islom harakati boʻlgani uchun (xulosa qilib aytganda, Ahmadiylar musulmon boʻlganlari uchun) ularning eʼtiqodlari Islomdagidek, ayniqsa, ularning eʼtiqodlari koʻproq sunniy rivoyatlariga asoslanadi, masalan, Islomning besh rukni va iymonning olti asosi. Shuningdek, Ahmadiylar Qurʼonni oʻz muqaddas kitobi sifatida qabul qilishadi, namoz ado etganda, Kaʼbaga yuzlanishadi. Hadislar (Muhammad Paygʻambar aytgan soʻzlar va voqealar) hukmini qabul qilishadi va Muhammad Paygʻambarning sunnatiga ergashishadi[19]. Mazkur eʼtiqodlar Ahmadiy musulmonlarning asosiy eʼtiqodlari sanaladi. Ahmadiya Musulmon Jamoati eʼtiqodlarining muhim oʻziga xosligi – bu Islom dinining Paygʻambari Muhammad aytgan bashoratga muvofiq Mirzo Gʻulom Ahmadga Vaʼda qilingan Masiyh va Mahdiy qatori ishonishganidir. Mirzo Gʻulom Ahmad oʻz murojaatini xulosalab, bunday deb yozadi: Alloh taolo menga ortib, meni yuborgan burch shu: Alloh taolo bilan Uning bandalari oʻrtasidagi aloqada paydo boʻlib qolgan shak-shubhani bartaraf etib, sevgi-muhabbat va ixlos aloqasini tiklash uchun, haqiqatni oshkor etib, diniy urushlarga chek qoʻyib, sulhga asos solish uchun, dunyoning koʻzidan pinhon boʻlib ketgan diniy haqiqatlarni yuzaga chiqarish uchun, nafsoniy qorongʻilik ostida bosilib qolgan ruhoniyat namunasini koʻrsatish uchun, insonning ichiga kirib, diqqat-eʼtibor yoki duo orqali roʻyobga chiqadigan Alloh taolo kuch-quvvatlarining holatini quruq soʻzlar bilan emas, balki amaliy shaklda koʻrsatish uchun, eng muhimi, turli xil shirk aralashuvidan xalos boʻlib, hozirgi kunda yoʻqolib ketgan yarqiroq Tavhiyd (Allohning yagonaligi) niholini qaytadan mangulikka oʻtqazish uchun yuborilganman. Shularning barchasi mening kuchim bilan boʻlmay, osmon bilan yer Xudosining qudrati bilan boʻladi[20]. Bunga bogʻliq u oʻzining maqsad-muddaosi Islomni himoya qilish va tinchlik yoʻli bilan butun dunyoga tarqatish, Islomning unutib yuborilgan tinchlik, kechirish va barcha insonlarga mehribon boʻlish kabi qadriyatlarni tiklash va Islom taʼlimoti orqali dunyoda tinchlikni oʻrnatish ekaniga ishonadi. U zot oʻzi haqidagi xabarning moddaparastlikka botib ketgan Gʻarb dunyosi bilan oʻzgacha aloqasi borligiga ishonadi[21]. Ahmadiya taʼlimotlariga koʻra, dunyodagi barcha yirik dinlarning kelib chiqishi Alloh taolo tomonidan boʻlib, Uning ilohiy rejasi Islomni oxirgi din sifatida oʻrnatish edi, chunki u eng mukammal boʻlib, boshqa dinlarning oldingi barcha taʼlimotlarini ham oʻz ichiga olgan din edi[22]. (Biroq ular boshqa barcha dinlarning oʻz asl shaklidan uzoqlashib, buzilganiga ishonishadi). Din taraqqiyoti Muhammad kelishi bilan mukammallashdi; Muhammad paygʻambarchiligining „dastur“i Mahdiy kelishi bilan toʻliqlanib, uning paygʻomi tarqalishi kerak edi[23]. Mana shunga koʻra, Ahmadiya Musulmon Jamoati Mirzo Gʻulom Ahmadni Ibrohimga taalluqli diniy kitoblarda uchraydigan bashoratlar, shuningdek, Zoroastrizm dinida, Hindistondagi dinlarda, mahalliy amerikaliklar anʼanalarida va boshqalarda uchraydigan bashoratlarni tasdiqlovchi „Vaʼda qilingan inson“ sifatida qabul qilishadi[24]. Ahmadiy musulmonlar Allohning yagonaligini oʻrnatish va insonlarni Allohga va Allohning tabiatiga mansub burchlarni qayta eslatish uchun Mirzo Gʻulom Ahmad Muhammad paygʻambarchiligining haqiqiy namunasi sifatida Alloh taolo tomonidan tayinlangan deb ishonishadi[25][26]. Islom eʼtiqodlarini xulosalab, Ahmad shunday yozadi: „Iymonning faqat ikkita mukammal qismi bor: biri – Allohni sevish; ikkinchisi – insoniyatni shu qadar qattiq sevishki, ularning boshiga tushgan qiyinchiliklarni, sinovlarni va balo-qazolarni oʻziniki deb oʻylash va ular uchun duo soʻrash“[27]. Ahmadiya eʼtiqodi soʻnggi damlarda Islom dinini qaytadan tiklayotganligini bildiradi. Chet davlatlarda Ahmadiya Jamoatining missionerlik faoliyati bir tizim sifatida 1913-yili boshlangan (masalan, London shahridagi Patni nomli hududda Angliya missiyasi)[28]. Baʼzi tarixchilar Ahmadiya harakatini afrika-amerikaliklar tomonidan Amerikada fuqarolik huquqlarini olish uchun boshlangan harakatga rahbarlik deb oʻylashadi. Baʼzi mutaxassislarning[29] fikriga koʻra, 1950-yillargacha Ahmadiya „Afrika-amerikalik musulmonlar orasida koʻp taʼsir koʻrsatuvchi Jamoat“ sifatida tanilgan. Bugungi kunda dunyoda eng faol missionerlik dasturlari bor jamoatlarning biri Ahmadiya Musulmon Jamoatidir. Ayniqsa, keng miqyosda Afrikada tarqalgan. Koloniyalashtirish davrida mazkur Jamoat koʻproq shu kontinentda Islomni tarqatish bilan ahamiyatga ega[30].

Iymon asoslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiy Musulmonlar musulmonlarning koʻpchiligi tutgan eʼtiqodlargagina amal qilishlarini bildirishadi, biroq „Xotaman-Nabiyyin“ soʻzining maʼnosida esa boshqalardan farqlanishadi. Muhammad sunnatiga asoslangan, sunniy musulmonlar ishongan iymonning olti asosi boʻyicha ular oʻzaro hamfikr:

Allohning yagonaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiy musulmonlar albatta, Allohning yagona ekanligiga keskin ishonishadi. Mazkur Jamoatning tushuntirishi boʻyicha, bu tamoyilni qabul qilish juda ham zarur va u Islomning asosiy tamoyilidir. Islomdagi boshqa barcha eʼtiqodlar shu eʼtiqoddan kelib chiqadi. Allohning yagona ekanligiga ishonish inson hayotining barcha jabhalariga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Shuningdek, unda keng va teran maʼno bor deb tushunishadi. Masalan, Allohning yagonaligini tushuntirib, „Xudodan boshqa hamma narsani qamrab oluvchi kuch yoʻq“ degan bayonot Allohdan qoʻrqishdan boshqa barcha qoʻrquvlarni rad etadi, deb tushunishadi. Bu butunlay Allohga tavakkal qilish va har bir yaxshilik Undangina kelishiga eʼtiborni qaratadi. Umuman, Allohning yagonaligiga ishonish moʻmin-musulmonlarni nafsoniy xohishlarning, qulchilikning va his-tuygʻularning dunyoviy ehtiyojlarining barcha koʻrinishlaridan qutqaradi, deb tushunishadi. Jamoatning asoschisi bunday yozadi: „Tavhid (Allohning yagonaligi) – bu barcha ichki va tashqi dunyoga mansub xudolarni inkor etgandan soʻng qalbda paydo boʻladigan nur. Soʻngra u inson tanasining har bir qismiga singib ketadi. Demak, u Alloh va Uning Paygʻambarining yordamisiz amalga oshishi insonning oʻz kuchi bilan nasib etilishi mumkinmi?! Inson „men ilm-bilimlar bilan voyaga yetganman“ degan shaytoniy gʻururlanishini tashlab yuborsin va oʻzini qandaydir bir bilimsiz inson kabi tasavvur qilib, duo bilan mashgʻul boʻlsin. Shunda tavhidning nuri Alloh taolo tomonidan tushib, unga bir yangi hayot bagʻishlaydi“[31] Islom dinidagi tavhid tushunchasi turli xil insonlarning birdamligi degan hisni yaratadi va shu xususdagi barcha qarshiliklarni bartaraf etadi, deb ham tushunishadi. Shunday boʻlsa ham, Alloh taoloning yagonaligiga ishonish Yaratguvchi bilan tabiat oʻrtasida butunlay uygʻundir degan tushunchani paydo qiladi, deb tushunishadi. Allohning soʻzi bilan amali oʻrtasida qarama-qarshilik boʻlishi mumkin emas, deb tushunishadi[32][33]. Mazkur Jamoat tushunchasi boʻyicha Islom dini Alloh taoloni barcha yaxshiliklarning sohibi va barcha kamchilik-nuqsonlardan pok ekanini aytadi. Alloh taolo Oʻzini har bir joyda mavjud boʻlgan va Oʻz bandalarining duolarini qabul qiladigan Barhayot Xudo deb hisoblanadi. Ahmadiy musulmonlar Alloh taoloning sifatlari abadiy, deb ochiq-oydin ishonishadi. Shundan kelib chiqibgina Alloh taolo xuddi ilgarigidek, hozir ham odamlar bilan aloqa-vositalarni oʻrnatadi degan fikrni bayon qiladi.

Islom dini taʼlimotiga muvofiq farishtalarga ishonish Ahmadiy Musulmon Jamoatining asosiy aqidalaridan biridir. Ular Alloh taolo tomonidan Unga boʻysunish uchun va Uning buyruqlarini amalga oshirish uchun yaratilgan ruhoniy xilqatlardir. Insonlar kabi farishtalar mustaqil istaklarga ega emas va oʻz ixtiyori bilan ishlay olishmaydi. Ular Alloh taoloning buyrugʻi asosida vahiy-paygʻomni paygʻambarlarga olib kelishadi, paygʻambarlarning dushmanlariga jazo berishadi, Alloh taoloni ulugʻlab, Unga hamdu sano aytishadi va insonlar qilgan ishlarning hisob-kitobini yozib turishadi. Farishtalar oddiy koʻzlarga koʻrinmaydi. Shunday boʻlsa ham, Ahmadiya Musulmon Jamoatiga koʻra, baʼzida ular inson bolasiga u yoki bu koʻrinishda zohir boʻlishadi. Bu zohir boʻlish fizik holatda emas, aksincha ruhoniy koʻrinishda boʻladi[34]. Ahmadiy musulmonlar farishtalarni tabiat qatori mavjud boʻlgan osmoniy xilqat deb tushunishadi. Ular bajarayotgan asosiy vazifa – bu Allohning paygʻomlarini insonlarga yetkazishdir. Qurʼoni Karim asosida, moddiy va diniy olamning barchasi farishtalar atalgan baʼzi bir ruhoniy kuchlar tomonidan boshqarilmoqda. Ular bajaradigan har bir ish butunlay Alloh taoloning xohishiga va U narsalar uchun tuzgan sxemaga boʻysungan boʻladi. Ahmadiy musulmonlar tafsirlayotgan Islom dini boʻyicha ular uchun belgilab qoʻyilgan ishlar yo mahoratdan yo Alloh taolo narsalar uchun tuzgan umumiy qoidalardan chetga chiqa olishmaydi[35].

Ahmadiy musulmonlarning eʼtiqodi boʻyicha iymonning uchinchi asosi yoki ustuni – bu Alloh taolo tomonidan barcha paygʻambarlarga tushirilgan kitoblarga ishonish deb hisoblanadi. Bunga Tavrot, Injil, Zabur, Ibrohim sahifalari va Qurʼon kiradi. Islom dini paydo boʻlishidan oldin din tarixi qandaydir diniy tarkiblarga boʻlingan deb tushunishadi, unda har bir paygʻambar maxsus bir davr va joyga munosib taʼlimotlarni olib kelar edi. Shunday qilib, ularning boshlanishida Alloh taolo tomonidan yuboriluvchi taʼlimotlarda mavjud boʻlgan mayda-chuyda jihatlaridan boshqa asosiy eʼtiqod bir-biriga oʻxshash boʻlib, oʻsha davr va joyga yarasha tanlanar edi. Qurʼondan boshqa Xudo tomonidan kelgan kitoblarga inson bolasi tomonidan qoʻshimchalar kiritilishi mumkin edi deb ishonishadi. Islom dini Alloh taolo Oʻz paygʻambarlarini har bir qavmga va yer yuzida mustaqil yashagan jamoatlarga yuborgan deb tan olishadi. Shuning uchun Ahmadiya taʼlimotlari boʻyicha Ibrohim diniga mansub kitoblardan tashqari, masalan, vedalar va Avesto ham Alloh taolo tomonidan yuborilgan deb hisoblanishi kerak. Mazkur Jamoat qabul qilingan kitoblarning orasida Qurʼoni Karimni Alloh taolo tomonidan insonlar uchun tushirilgan eng oxirgi Kitob va uning taʼlimotlarini abadiy deb tushunadi[36].

Paygʻambarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiy musulmonlar fikricha, iymonning toʻrtinchi asosi yoki ustuni – bu Alloh taolo tomonidan yuborilgan paygʻambarlarga ishonishdir. Ahmadiy musulmonlar shunday deb ishonishadi: qachonki dunyo adashish va buzgʻunchilikka toʻlib ketsa, yoki dunyodagi bir mintaqa mana shunday yomon illatlarni koʻrsatsa, yoki qaysi bir dinga ergashganlarning amallari yomon boʻlib ketsa, yoki oʻsha yomon taʼlimlari iymonga aralashib ketsa, shuningdek, iymon tashlandiq narsalar kabi boʻlib, Ilohiy yordamga zaruriyat tugʻilganda, Alloh taolo Oʻz xohishini qaytadan oʻrnatish uchun paygʻambar yuboradi. Qurʼon va Eski Ahdda aytilgan barcha paygʻambarlarga ishonishdan tashqari, bu Jamoat Zaraostra, Krishna, Budda va Konfutsiyni ham paygʻambar sifatida biladi[37]. Ahmadiya eʼtiqodlari boʻyicha „ogohlantiruvchi“, „paygʻambar“, „elchi“ va „yuborilgan“ kabi islomiy atamalar maʼno jihatdan oʻzaro sinonim boʻlib hisoblanadi. Shunday boʻlsa ham, mazkur Jamoat tushunchasi boʻyicha paygʻambarlar ikki turli boʻladi: shariat olib keluvchi paygʻambar, ular yangi qonun va shariatni olib kelishadi, masalan, Muso (as) (unga Tavrot berilgan) va Muhammad (sav) (unga Qurʼon berilgan); va yangi shariat olib kelmaydigan paygʻambarlar, ular oʻzidan oldin tuzilgan ummat ichidan chiqishadi, masalan, Jeremiya, Iso va Mirzo Gʻulom Ahmad. Odam bilan Alloh taolo soʻzlashgan va unga Oʻz vahiysini tushirgan birinchi inson boʻlib hisoblanadi, shuning uchun boshqa koʻpchilik musulmonlar, yahudiylar va nasroniylarning eʼtiqodlaridan farqlanib, Ahmadiya Musulmon Jamoatiga koʻra, u yer yuzidagi birinchi inson emas, aksincha, birinchi paygʻambardir. Ahmadiya Musulmon Jamoatiga koʻra, bu koʻz-qarash Qurʼonning oʻzida asoslangan[38]. Ahmadiylar Muhammad oxirgi shariatni olib kelgan paygʻambar ekaniga ishonishadi, biroq shariatsiz paygʻambarlikning davom etishini tan olishadi.

Beshinchi iymon asosi yoki ustuni oxiratga taalluqlidir.[39] Ahmadiylarga koʻra, tavhidga (Allohning yagonaligiga) ishongandan keyin eng urgʻu berilgan taʼlimot – bu oxiratga ishonishdir. Ahmadiy musulmonlarning eʼtiqodlari boʻyicha Qiyomat kuni butun olam yoʻq boʻlib ketadi, boshqa barcha musulmon oqimlar va fikh maktablari ham xuddi shunday koʻz-qarashda. Oʻliklar qaytadan tiriltirilib, ular dunyoda qilib yurgan amallari boʻyicha hisob-kitob qilinadilar. Amallari yaxshi boʻlganlar jannatga kirishadi, amallari yomon boʻlganlar esa doʻzaxga tashlanishadi. Ahmadiylar doʻzax uzoq vaqtga choʻziluvchi, abadiy davom etmaydigan, vaqtinchalik joy deb tushunishadi, bu koʻproq yahudiylikka oʻxshab ketgan va qadimgi musulmon ulamolari, masalan, Ibn Taymiya va Ibn Arabiy kabilardan olingan koʻz-qarashdir. U insonlarning gunohlari tozalanadigan shifoxona sifatida qaraladi. Bu koʻz-qarash Qurʼon va hadisga asoslangan.[40]

Allohning taqdiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiya Musulmon Jamoati shunday deb ishonadi: bu olamdagi barcha ish-amallarning soʻnggi natijasini Allohning taqdiri boshqaradi. Allohning taqdiri had-hududi ichida inson bolasiga oʻz yoʻlini tanlash ixtiyori berilgan.[41] Ahmadiy mulmonlar barcha insonlar qiyomat kuni oʻzlarining niyatlari va amallari asosida sudlanishadi, deb ishonishadi. Ahmadiylar shunday deb eʼtiqod qilishadi: ilm-fan – bu Allohning ish-faoliyatlarini oʻqib-oʻrganish va din – bu Allohning Kalomini oʻqib-oʻrganishdir. Bu ikkalasi oʻrtasida qarama-qarshilik boʻlishi umuman mumkin emas. Ular Qurʼon bizga tushuntirganday, Odam yer yuzida birinchi inson boʻlmasdan, faqat birinchi paygʻambar boʻlgan deb ishonishadi. Ahmadiy musulmonlar Alloh tomonidan toʻgʻri yoʻnaltirilganligiga qaramasdan, jismoniy evolyutsiya degan nazariyaga ishonishadi.

Islomning besh ustuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomning besh ustuni (اركان الإسلام. اركان الدين) dinning asoslari hisoblanadi. Ular Islomning asosiy besh amali boʻlib, barcha Ahmadiy musulmonlar uchun farz deb tushuniladi.[42] Qurʼon ularni ibodat qilish uchun sxema va iymonning chin xolisligi belgisi sifatida taklif qiladi. Ular 1) Shahodat, shohidlik kalimasi; 2) kunda besh mahal namoz; 3) Zakot; 4) Ramazon oyining roʻzasini tutish 5) Haj (umrida kamida bir marta Makkani ziyorat qilish).[43] Bu amallarni bajarish yoʻlidagi zarur tushunchalar masalasida Ahmadiy musulmonlar Islom dinining Shia va Sunniy mazhablarining ikkalasi bilan hamfikrdirlar. Pokistonda qonun yoʻli bilan va boshqa baʼzi bir musulmon davlatlarida zulm yoʻli bilan Ahmadiylar oʻzlarini musulmon deb aytishga man etilgan. Bu narsa maʼlum darajada ushbu farz amallarini bajarishda qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Ahmadiy musulmonlar baʼzi bir davlatlardan haj ziyorati uchun Makkaga borishsa ham, biroq Saudiya Arabistonining qonuni boʻyicha ularga ruxsat yoʻq.[44]

Ahmadiyaning oʻzgacha taʼlimotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiy musulmonlarning Islomning besh ustuniga va iymonning olti asosiga boʻlgan eʼtiqodlari koʻpchilik Sunniy musulmonlarnikidek va u Ahmadiya eʼtiqodlarining asosi boʻlsa ham,[45] Ahmadiya eʼtiqodlarining oʻzgachaliklari quyidagilar:

Isoning ikkinchi kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqa koʻp musulmonlardan farqli oʻlaroq, Ahmadiy musulmonlar bunday deb ishonishadi: Iso xochga qoqilgan va toʻrt soatdan keyingina xochdan olingan. Undan keyin qabrga qoʻyilgandan soʻng u hushiga kelgan.[46] Ahmadiylar Iso Isroilning yoʻqolgan avlodlarini izlab borib, keksalik yoshida Kashmirda koʻz yumgan deb ishonishadi.[47] Iso Kashmirda Yuz Asaf nomi bilan koʻmilgan deb tushunishadi. Ayniqsa, bunday deb ishonishadi: Isoning qayta kelishi haqidagi Bibliyada va Islom dinida mavjud oldindan aytilgan bashoratlar soʻzma-soʻz emas, aksincha, metaforik maʼnodagi xabarlar va oʻsha oldindan aytilgan bashoratlardagi Isoning qayta kelishi Mirzo Gʻulom Ahmad sifatida qaror topdi. Ahmadiylarlaring fikricha, „Masiyhi Mavʼud“ va „Imom Mahdiy“ birgina inson, shuningdek, uning taʼlimotlari, taʼsirlari, duolari va unga ergashganlar orqali Islom dini Anti-Xrist yoki Dajjolni nasroniy dini dunyoda tarqalganiga ketgan vaqtchalik vaqtda magʻlubiyatga duchor qiladi. Dajjolning qudrati sekin-asta yoʻq boʻlib, Islomning soʻnggi gʻalabasi va tinchlik davri haqidagi bashoratlarning qaror topishiga eʼlondir.

Paygʻambarlarning muhri („Xotaman-Nabiyyin“)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiy musulmonlar Qurʼon Alloh taolo tomonidan insonlar uchun yuborilgan oxirgi xabar ekaniga ishonishadi. Alloh taolo ilgarigidek hozir ham Oʻzining tanlangan bandalari bilan aloqa-vositalarini tuzishni davom ettiradi. Alloh taoloning barcha sifatlari abadiy deb ham ishonishadi. Ayniqsa, Ahmadiy musulmonlar bunday deb eʼtiqod qilishadi: Muhammad eng yetuk paygʻambarlikni olib kelgan, shuningdek oxirgi shariat va insoniyatga eng yuqori ruhoniy inqilob olib kelgan paygʻambar edi. Muhammadga butunlay tobe boʻlibgina yangi paygʻambarlar kela olishadi. Biroq yaxshiliklar boʻyicha undan oʻta olishmaydi, yana uning taʼlimotlarini oʻzgartira olmaydilar, yoki qandaydir bir yangi qonunni yoki dinni olib kelolmaydilar. Ular bunday deb ham oʻylashadi: ilgari kelgan paygʻambarlar kabi mustaqil paygʻambarlar boʻlishning oʻrniga Muhammadning aksi sifatida kelishadi.[48]

Ahmadiy musulmonlar eʼtiqodi boʻyicha „jihod“ uchga boʻlinadi: Jihodul-Akbar (eng buyuk jihod) – bu oʻziga qarshi kurashish va achchiqlanish, gʻazablanish, nafratlanish kabi quyi xohishlarga qarshi qattiq harakatlanish; Jihodul-Kabir (eng yuqori jihod) – bu tinchlik yoʻli bilan Islom diniga chaqirish, kalom orqali Islomning haqiqiy xabarini yoyishga oʻzgacha urgʻu berish; Jihodul-Asgʻar (eng kichik jihod) – bu kimdir birov oʻzining asosiy diniy eʼtiqodlarini amalda bajara olmay, qattiq tazyiqlarga duchor boʻlib, oʻta ogʻir ahvolda boʻlganda himoyalanish.[49] Ahmadiy musulmonlar quyidagicha urgʻu berishadi: Islom dinida oldindan aytilganday, Mirzo Gʻulom Ahmad jihodning harbiy koʻrinishini Islomning bu davrida amalga oshirish mumkin emas, deb man etgan. Din sifatida Islomga harbiy hujum qilinmaydi, aksincha, kitoblar va media orqali hujum qilinadi, shuning uchun javob ham xuddi shu tarzda qaytarilishi lozim.[50] Ular nafratga sevgi va mehr-muhabbat bilan javob qaytarish kerak, deyishadi.[51] Terrorizm masalasida Jamoatning IV Xalifasi shunday yozadi: „Islom terrorizmning barcha koʻrinishlarini keskin rad etadi va qoralaydi. U hech bir toʻs-toʻpolon va beboshlik, xoh u yakka odam tomonidan amalga oshirilsin, yoki qandaydir bir guruh tomonidan, yoki hukumat tomonidan amalga oshirilsin, uni qoʻllab-quvvatlamaydi yoki joiz, deb aytmaydi“.[52]

Din va ilm-fan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Din va ilm-fan haqida Ahmadiy musulmonlar shunday eʼtiqod qilishadi: Alloh taoloning soʻzi bilan ish-amali oʻrtasida qandaydir qarama-qarshilik umuman boʻlishi mumkin emas, shuning uchun din va ilm-fan bir-biri bilan uygʻunlikda ishlashi kerak.[53] Oʻzgacha bu aloqa-vosita masalasida Ahmadiya Musulmon Jamoatining II Xalifasi shunday deb aytadi: Alloh taolo vahiysini tushunish uchun Uning faoliyatini oʻqib-oʻrganish kerak va Uning faoliyati alomatlarini sezish uchun Uning soʻzini oʻqib-oʻrganish kerak.[54] Nobel mukofotiga ega boʻlgan, juda ham samimiy bir Ahmadiy musulmon – Abdus Salomning aytishicha, Qurʼonning 750 oyati (Kitobning chamasi 1/8 qismi) moʻmin-musulmonlarni bunga chorlaydi: Tabiatni oʻrganish, u haqda fikr yuritish, narsalarning haqiqatini bilishga aqlni toʻgʻri foydalanish, ilm-fanni oʻrganish va ilm-fanning tushunchalariga ega boʻlish jamiyat hayotining boʻlagidir.[55]

Boshqa farqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurʼonning bironta oyati ham boshqa oyatini yoʻqqa chiqarmaydi yoki bekor qilmaydi. Ular Qurʼonning beqiyos goʻzalligi va ishonarli aslliligiga eʼtibor qaratib, Qurʼonning barcha oyatlari birdek ahamiyatga ega, deb tushunishadi.[56] Sirtdan qaraganda, fatvolar oʻrtasidagi qarama-qarshilik ularning fiqhiy deflyatsiyasi orqali Ahmadiya fiqhida bir qarorga kelindi. Demak, qandaydir bir fatvo (u oʻzi tushgan oʻzgacha vaziyatda amalga oshiriladi deb tushuniladi) eng oxirida tushganligi uchun taʼsirli emas, aksincha vaqtning talablariga juda ham muvofiq kelganligi uchun taʼsirli.[57] Din tarixi bir halqa boʻlib, u har yetti ming yildan soʻng yangilanadi. Hozirgi davr Bibliyadagi Odamdan boshlab, yetti zamon yoki davrga boʻlinib, u haftaning yetti kuniga oʻxshashdir, unda yorugʻlik va qorongʻilik davrlari ham bor. Mirzo Gʻulom Ahmad oltinchi davrda Masiyhi Mavʼud sifatida kelib, insoniyatning yettinchi va oxirgi davri ekanini eʼlon qilmoqda.[58] Allohning bir kuni insonlarning ming yiliga barobar. (Qurʼon 22:47) Hazrat Mirzo Gʻulom Ahmad boʻyicha, haftaning oltinchi kuni juma uchun oʻzgachalangan, xuddi shunday uning davri insoniyatning butun dunyo boʻylab jamlanishi uchun belgilangan, unda dunyo birgina xalqaro din – Islom dinining ostida jamlanadi.

Rasmiy turda Ahmadiya Musulmon Jamoatining tarixi Mirzo Gʻulom Ahmad 1889-yilning 23-martida Hindistonning Ludhiyana shahrida joylashgan bir uyda oʻzining bir talay sheriklaridan olgan bayʼat ahdi bilan boshlanadi. Shunday boʻlsa ham, tarixni Ahmadning boshlangʻich hayotidan boshlasak ham toʻgʻri boʻladi, qachonki u oʻzining kelajagi haqida vahiy ola boshlagan deb aytiladi. Ugina emas, har qanday dunyoviy dinlarning rivoyatlaridan boshlasak ham boʻladi. XIX asrning oxirida qodiyonlik Mirzo Gʻulom Ahmad oʻzining „Islomning yuz yillik Mujaddidi (yangilovchi)“, koʻchma maʼnoda Isoning Ikkinchi kelishi va musulmonlar kutayotgan Mahdiy ekanini eʼlon qilib, oʻziga ergashganlarning oʻzgacha bir koʻzga koʻringan sonini ayniqsa, ikki viloyat – Panjob va Sindga jamlagan. U va unga ergashganlar bunday fikr bildirishgan: uning kelishi haqida Islomning Paygʻambari Muhammad oldindan aytgan, shuningdek, dunyodagi boshqa diniy kitoblarda ham oldindan aytilgan. Ahmadiya – bu Hindistonning XIX asrda missionerlik faoliyati keng tarqalgan nasroniy diniga va Oriya Samojga javob sifatida paydo boʻlgan Islom Jamoatidir.

Birinchi Xalifa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzo Gʻulom Ahmad vafot etgandan soʻng Hakim Nuriddin bir ovozdan uning birinchi oʻrinbosari va Jamoatning birinchi Xalifasi sifatida saylangan. Uning olti yil surgan xalifalik davrida u Qurʼonning ingliz tilidagi tarjimasiga eng yaxshi nazoratchilik qilgan, Angliyada Ahmadiya Musulmon Jamoatining birinchi missiyasini ochgan va Jamoatning har qanday gazeta-jurnallariga asos solgan, Jamoatning moliyaviy ehtiyojlari natijasida u rasmiy turda xazina ochgan. Diqqatga sazovor narsa, qachonki Ahmadiya Anjumanidagi yuqori xizmatni egallagan baʼzi kishilar uning ayrim boshqaruvchilik kontseptsiyalari va Xalifaning masʼuliyatlari masalasida uni yoqlashmaganda, u kishi ichki qarama-qarshilikni bartaraf etgan.

Ikkinchi Xalifa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi Xalifa vafot etgandan soʻng Hazrat Mirzo Bashiruddin Mahmud Ahmad oʻzidan oldingi Xalifaning vasiyatiga muvofiq ikkinchi Xalifa sifatida saylangan. Shunday boʻlsa ham, Mavlono Muhammad Ali va Xavja Kamoluddin bosh boʻlgan guruh uning oʻrinbosarligiga qattiq qarshi chiqib, uni navbatdagi Xalifa sifatida qabul qilishdan bosh tortishgan. Soʻngra koʻp oʻtmay bu guruh Lahoʻrdagi Ahmadiya harakatiga asos solishgan. Mirzo Gʻulom Ahmadning paygʻambarligi va oʻrinbosarligi kabi masalalarda baʼzi fikriy tafovutlar sababli Xalifaga qarshi chiqishgan.[59] Qarshilik koʻrsatganlar bilan Xalifaning qiyosiy kamroq oʻqiganligi ham oʻz rolini oʻynagan.[60] Shunday qilib, Lahoʻrdagi Ahmadiya Harakati Lahoʻr shahrida joylashib, qiyosan biroz muvaffaqiyatlarga erishgan, biroq ularga ergashganlarning salmoqli sonini oʻziga torta olishmagan.[61] Jamoat tarixida bu voqea „Adashuv“ deb hisoblanadi va Jamoatning asoschisi aytgan peshxabarga ham ishora qiladi. Yoshlik chogʻida saylangan Mahmud Ahmadning xalifalik davri 52 yilga choʻzilgan. U Jamoatning tashkiliy tuzilmasini barpo etgan va hind yarim qitʼasidan tashqari keng yoyilgan missionerlik faoliyatini nazoratga olgan. Uning saylanishidan bir necha hafta oʻtgach, butun Hindistondan Islomga daʼvat qilish mavzusida muzokara oʻtkazish uchun delegatlar taklif etilgan. Yigirma yildan soʻng Mahmud Ahmad chet mamlakatlarda missiyalarni ochish hamda Ahmadiy musulmonlarni odob-axloqlar jihatidan rivojlantirish uchun bir loyiha boshlagan. „Tahrik-e-Jadid“ (yangi loyiha) va „Vaqf-e-Jadid“ (yangi bagʻishlov) – birining ortidan biri ochilgan. Mazkur harakatlar dastlab Ahmadiy musulmonlarning muxoliflariga qarshi ruhoniy jang kabi qaralgan. U orqali Ahmadiy musulmonlar din uchun oʻz vaqtlari va mol-mulklarini bagʻishlashga chaqirilganlar. Bir vaqtda mazkur loyiha umuman olganda, Islom dini, ayniqsa, Ahmadiya eʼtiqodlarini himoya qilib, juda boy adabiyotlar bilan taʼminlagan. Ahmadiy targʻibotchilarni tayyorlash va ularni hind yarim qitʼasidan boshqa joylarga yuborishga ham u mablagʻ sarflagan.[62] Uning davrida 46 davlatda missiyalar ochilgan, bir necha xorijiy mamlakatlarda masjidlar solingan va dunyoning koʻplab yirik tillarida Qurʼon tarjimalari nashr etilgan. Keyingi xalifalar davrida ham Jamoat oʻsib-rivojlanishi davom etavergan boʻlsa, baʼzan tezlik bilan davom etsa-da, Ahmadiya Jamoatining oʻziga xos tuzilmasini tashkil etishda ikkinchi Xalifaning muvaffaqiyati beqiyosdir. Mirzo Bashiruddin Mahmud Ahmad bir talay kitoblar yozgan, ularning orasida eng muhimi – oʻn tomdan iborat Qurʼoni Karimning tafsiridir.

Uchinchi Xalifa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzo Nosir Ahmad Ahmadiya Jamoatining uchinchi Xalifasi sifatida 1965-yilning 8-noyabrida saylangan. Undan oldingi xalifa boshlagan missionerlik faoliyatini ham rivojlantirgan, ayniqsa Afrikada, shuningdek, Pokiston parlamenti mazkur Jamoatni musulmon emas ozchilik deb qaror chiqargan kunlarda Jamoatga kuchli rahbarlik qilib, yoʻnaltirib turgan.[63][64] „Nusrat Jahon Sakim“ nomli loyiha orqali Afrikada bir talay klinikalar va maktablar ochgan. Bu loyiha u kishining 1970-yili Gʻarbiy Afrikaga uyushtirgan ish safari samarasi boʻlib sanaladi, shuningdek, bir Ahmadiy Xalifa tomonidan u kontinentga uyushtirilgan ilk ish safari deb ataladi. U kishi zamonaviy Ispaniyadagi birinchi masjidning eng boshlangʻich tamal toshi tadbiri safarida: „Muhabbat barchaga, nafrat hech kimga“ degan Ahmadiya shioriga asos solgan.[65][66] Mirzo Nosir Ahmad mazkur Jamoatning asoschisi – Mirzo Gʻulom Ahmad suhbatlari va aytganlarini jamlash ishiga nazoratchilik qilgan, shuningdek, asoschi koʻrgan tushlar, kashf va Allohdan olgan vahiylarni toʻliqligicha jamlash ishiga ham koʻrsatma bergan, oʻzidan oldingi xalifani hurmat qilib, Fazli Umar fondiga asos solgan.

Toʻrtinchi Xalifa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzo Tohir Ahmad 1982-yilning 10-iyunida oʻzidan oldingi Xalifa vafot etganidan soʻng ertasi kuni Ahmadiya Musulmon Jamoatining toʻrtinchi Xalifasi sifatida saylangan. 1984-yili Pokiston hukumati tomonidan chiqarilgan 20-sonli qarordan keyin Xalifa oʻziga yuklangan masʼuliyatlarini bajara olmay qolgan va Xalifat instituti xavf ostida qolgan. Mirzo Tohir Ahmad Pokistonni tashlab, Londonga (Angliyaga) koʻchib ketgan. Jamoatning markazi Londonda solingan eng birinchi masjid – „Fazl“ masjidiga koʻchirilgan.[67] Ahmadiy musulmonlar uchun bu hijrat Jamoat tarixida oʻzgacha bir yangi davrni belgilagan. Mirzo Tohir Ahmad „Musulmon Televideniye Ahmadiya“ (MTA) nomli eng birinchi sputnik telekanalini ochgan, Ahmadiy musulmon bolalarning hayotini Jamoat xizmatiga bagʻishlash maqsadida „Vaqf-e-Nav“ loyihasini boshlagan. Mirzo Tohir Ahmad insonparvarlik yordamini berish maqsadida turli xil fondlarni ochgan, masalan: „Maryam Shodi Fand“ (Maryam Toʻy fondi), taʼqiblarga uchragan odamlar uchun „Sayyidno Bilol Fand“ (Sayyidno Bilol fondi) va tabiiy ofatlardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish uchun „Humanity First“ (Insoniylik – birinchi oʻrinda). Jamoat uchun Mirzo Tohir Ahmad turli dinlarni tutgan, har xil kasblarni egallagan va madaniy sharoitlarga ega odamlar bilan turli tillarda „Savol-Javob“ yigʻilishlarini oʻtkazgan. Shuningdek, Mirzo Tohir Ahmad bir qancha kitoblar ham yozgan. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:

  • „Islom zamonaviy savollarga javob beradi“
  • „Alloh nomi bilan qon toʻkish“
  • „Mutloq adolat“
  • „Mehribonlik va qarindoshlik“
  • „Fors koʻrfazidagi inqiroz va Yangi Dunyo tartibi (magnum opus)[68]
  • „Vahiy, aql, bilim va haqiqat“.

Beshinchi Xalifa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻrtinchi Xalifa vafot etganidan soʻng Ahmadiya Jamoati tarixida ilk marta Saylov Qoʻmitasi Aʼzolari London shahrida yigʻilishga chaqirilgan, unda Hazrat Mirzo Masrur Ahmad Ahmadiya Musulmon Jamoatining beshinchi va hozirgi Xalifasi sifatida saylangan. Oʻzining tinchlik paygʻomini rivojlantirish va insoniyatga xizmat qilish maqsadida Mirzo Masrur Ahmad butun dunyoga ish safarini uyushtirib, davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar va jahon muammolarini hal qilish uchun tinchlik anjumanlarini oʻtkazib kelmoqda.[69] Hozirda hukm surgan notinchliklarga javob qilib, Ahmad dunyoviy liderlarga, shu jumladan Qirolicha Yelizaveta va Rim papasi Frantsiskga xatlar yoʻllagan. Mirzo Masrur Ahmad dunyodagi 200dan ortiq mamlakat va mintaqalarda yashovchi millionlab Ahmadiy musulmonlarning ruhoniy rahbari boʻlganligi bois ularga taʼlim-tarbiya berish, boshqa insonlarga Islom dinining tamoyillarini yetkazish va ular bilan aloqa-vositasini mustahkamlash uchun yer yuzini kezib yuradi.

2016-yilgacha Ahmadiya Musulmon Jamoati dunyodagi 209 mamlakat va mintaqalarda barpo etilgan, koʻproq Janubiy Osiyo, Gʻarbiy Afrika, Sharqiy Afrika va Indoneziyada. Mazkur Jamoat deyarli dunyodagi har bir mamlakatda mavjud.[70] Pokistonga oʻxshagan baʼzi mamlakatlarda amalda Ahmadiy musulmon boʻlish noqonuniy hisoblanadi.[71] Yuqoridagi qiyinchiliklar sababli Ahmadiy musulmonlarning sonini Jamoat orqali ham, mustaqil tashkilotlar orqali ham aniqlash qiyin. Mana shunga koʻra, mazkur Jamoat millionlab sonda ekanini aytadi,[72] shunday boʻlsa ham, koʻpchilik mustaqil manbalar ularning sonini dunyoda 10 milliondan 20 milliongacha deb taxmin qilishadi[73] va ular dunyodagi musulmonlarning bir foizini tuzadi, deb aytishadi.[74] Jahon Nasroniy Qomusi boʻyicha Ahmadiya Harakati musulmonlarning eng tez oʻsayotgan firqasi boʻlib hisoblanadi.[75] Eng koʻp Ahmadiy musulmonlar yashagan mamlakat Pokiston deya aytiladi, taxminlarga koʻra, u yerda 4 million Ahmadiy musulmonlar yashashadi. Ahmadiy musulmonlar butunlay uyushgan va birikkan yagona harakat boʻlib, Xalifa tomonidan boshqariladi. Lahoʻrdagi Ahmadiya Harakati butun Ahmadiya Jamoati aʼzolarining 0,2dan ham oz foizini tashkil etadi.[76] Hindistonda Ahmadiya aʼzolari 60000dan 1 milliongacha ekanligi taxminlanadi.[77]

Boshqaruv strukturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiy musulmonlar Ahmadiya xalifaligini Toʻgʻri yoʻldagi Xilofatning (Xilofati Roshidaning) qaytadan oʻrnatilishi deb ishonishadi. Bu eʼtiqod Masiyhi Mavʼud va Mahdiy deb aytilgan Mirzo Gʻulom Ahmadning kelishi bilan qaytadan oʻrnatilgan, deb aytiladi. Ahmadiy musulmonlar bunday deb urgʻu berishadi: Qurʼon oyatlari (masalan, Qurʼon 24:56) va bir qator hadislar boʻyicha, Xalifalik faqat Alloh tomonidan oʻrnatiladi va u iymon keltirib, taqvo amallarini bajarib, Allohning yolgʻizligini yoqlaganlarga Alloh taolo tomonidan berilgan tuhfa. Shuning uchun insonlarning kuchi bilan Xilofatni oʻrnatishning birorta ham harakati muvaffaqiyatli boʻlmaydi, ayniqsa, insonlar paygʻambarlik tamoyillaridan yiroqlashib ketganlari natijasida ularda taqvodorlik yoʻqolib, noittifoqlik sababli ular xalifani saylay olishmaydi. Alloh taolo kashfiyotlar, tushlar va ruhoniy rahbarlik orqali kimni saylash kerakligini moʻmin-musulmonlarning qalblariga soladi deb hisoblanadi. Hech qandaytashviqot yoki targʻibot yurgizishga umuman ruxsat yoʻq. Shunday qilib, xalifa qandaydir bir oʻzining munosibliginingasosida (masalan, insonlar nazarida u munosib) yoki saylov orqali tayinlanmaydi, faqat Allohning buyrugʻi bilangina tayinlanadi.[78] Ahmadiya koʻz qarashi boʻyicha xalifa uchun davlat rahbari boʻlishi shart emas, uning oʻrniga Xilofatning ruhoniy va diniy ahamiyatiga eʼtibor qaratiladi. XilofatIslom taʼlimotlarini yoyish, mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlash uchun hamda Muhammad paygʻambartomonidan olamshumul jamiyati doirasida oʻrnatilgan yuksak maʼnaviy va axloqiy qadariyatlarni saqlash uchun ruhoniy mansabdir. Agar kutilmagan vaziyatda xalifa davlat rahbari sifatida hokimiyatga ega boʻlib qolsa, bu ish xalifa sifatida uning umumiy burchlariga tobegina boʻladi.[79][80] Ahmadiy musulmonlar xalifani Amirul-Moʻminin (Moʻmin-musulmonlarning Rahnamosi) deb ham atashadi. Hozirgi va beshinchi xalifa Mirzo Masrur Ahmaddir.

Kengash konsuli (Majlis-e-Shuro)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majlis-e-Shuro yoki Kengash konsuli juda muqaddas tizim boʻlib, mazkur Jamoatda Xalifadan keyin eng oliy institut deb hisoblanadi. Uni ikkinchi xalifa Mirzo Bashiruddin Mahmud Ahmad 1922-yili boshlagan. Ushbu kengashchi uyushma rasmiy turda kamida bir yilda bir marta chaqiriladi. Xalqaro miqyosda maslahat xalifaning raisligida oʻtkaziladi. Uning asosiy maqsadi juda muhim masalalarda, masalan, moliyaviy, loyihalar, taʼlim va Jamoat aʼzolari duch keladigan boshqa masalalarda xalifaga maslahat berishdir. Yigʻilish boʻlayotgan paytda xalifa oʻz oʻy-fikrini bildirishi, koʻrsatmalarni berishi mumkin, beriladigan takliflar haqida oʻz qarorlarini eʼlon qilishi mumkin, yoki baʼzi bir masalalarni muhokama qilish uchun qoldirishi mumkin. Shunday boʻlsa ham, koʻpincha xalifa koʻpchilik insonlar bergan takliflarni qabul qiladi. Mamlakat miqyosida Kengashga Amir (Milliy Prezident) raislik qiladi. Chaqirilgan majlis tamomlangandan keyin takliflar tasdiqlanishi uchun xalifaga yuboriladi, u ularni qabul qilishi ham mumkin, rad etishi ham mumkin yoki maʼlum bir qismini qabul qilishi ham mumkin.[81]

Jamoat markazlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosan, faqat xalifa yashagan shahar, qishloq yoki joy Ahmadiya Musulmon Jamoatining markazi boʻlib hisoblanadi. Masalan, 1984-yilda toʻrtinchi xalifa Pokistondan chiqishga toʻgʻri kelgandan beri Jamoatning rasmiy markazi Angliyaning London shahri boʻlib qolgan. Makka va Madina Islom dinining muqaddas shaharlari juda ham qutlugʻ deb hisoblansa ham, Qodiyon shaharchasi Jamoatning ruhoniy markazi deb tushuniladi.[82] Ahmadiya xalifaligi kelajakda bir bora Mirzo Gʻulom Ahmadning tugʻilgan yeri boʻlgan Qodiyonga qaytadi deb hisoblaniladi va bu haqda bashoratlar qilingan. Shunday boʻlsa ham, Hindiston-Pokiston boʻlingandan keyin Pokistondagi Rabvoh shahri 1948-yilning 20-sentyabrida ikkinchi xalifaning qoʻlidan asoslangandan beri yer yuzidagi boshqaruvchilik faoliyatlarini yurgizib kelgan. Ayniqsa, bu shaharda Jamoatning ikki markaziy boshqaruvchi idoralar - Sadr Anjuman Ahmadiya va Tahrik-e-Jadid Anjuman joylashgan.[83][84]Biroq,yana biri, uncha katta boʻlmagan Vaqf-e-Jadid Anjuman ham faol. Barcha markaziy boshqarmalar xalifaning koʻrsatmalari asosida ishlashadi. Sadr Anjuman Ahmadiya yoki Markaziy Ahmadiya Kengashi 1906-yili Mirzo Gʻulom Ahmad tomonidan asoslangan, bugungi kunda u Hindiston, Pokiston va Bangladeshda Jamoat faoliyatlarini uyushtirishga masʼul. Shuningdek ikkinchi xalifa tomonidan tuzilgan Anjuman Tahrik-e-Jadid yoki Yangi Loyihalar Konsuli Hindiston Sub-kontinetidan boshqa dunyodagi missiyalar uchun masʼul. Har bir kengash ham boshqa boʻlimlarga boʻlinadi, masalan, Moliyaviy masalalar boʻlimi, Nashiryot boʻlimi, Taʼlim boʻlimi, Tashqi ishlar boʻlimi va Xorijlik missiyalar boʻlimi va h.k.[85] Oxirida tilga olingan Boʻlimning nazorati ostida Jamoat 15.000dan ortiq masjidlarni, 500dan ortiq maktablarni, 30dan ortiq shifoxonalarni qurgan va Qurʼoni Karimni 70dan ortiq tillarga tarjima qilgan.[86] Anjuman vaqf-e-Jadidi (Yangi Bagʻishlovlar Konsuli) ham ikkinchi xalifa tomonidan asoslangan. U yer yuzidagi qishloq joylarda jamoatlar uchun diniy muallimlarni tarbiyalab-yetishtirishga masʼul.

Muassasa va tashkilotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiya Musulmon Jamoatining barcha diniy institutlarining orasida Jomiya tul-Ahmadiya, baʼzida Ahmadiya Dinshunoslik va Tillar Universiteti deb ham tarjima qilinadi. U qandaydir bir islomiy madrasa va bilim beruvchi institut boʻlib, uning Afrika, Osiyo, Yevropa va Janubiy Amerikada bir qancha tarmoqlari mavjud. 1906-yili Madrasa Taʼlimul-Islomning (keyinchalik Taʼlimul-Islom Kolledji boʻlgan) boʻlimi sifatida Mirzo Gʻulom Ahmad tomonidan asoslangan, u Islom dinini oʻrgatish va missionerlarni tayyorlash uchun Ahmadiya Musulmon Jamoatining bosh markazidir. Bitiruvchilar Xalifa tomonidan Jamoatning missionerlari(Koʻpincha Murabbiy, Imom, yoki Mavlono, deb atalishadi) yoki fiqh ilmining mutaxassisi boʻlib, Jamoatning Qozilari yoki Muftiylari sifatida tayinlanishadi.[87] Jomiyani tamomlaganlarning baʼzi birlari islomiy tarixchilar ham boʻlishgan. 2008-yilgacha mazkur Universitetni tamomlagan 1300dan ortiq insonlar yer yuzida missioner sifatida xizmat qilishmoqda.[88]

Yordamchi uyushmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiya Musulmon Jamoatida besh tarmoqli uyushmalar mavjud. Har bir uyushma oʻz aʼzolarining ruhoniy va odob-axloq taʼlim-tarbiyasiga javob beradi. Lajna Imoilloh barcha uyushmalarning eng yirigi boʻlib, 15 yoshdan yuqori qiz-ayollardan iborat; Majlisi Xuddomul-Ahmadiya 15 yoshdan 40 yoshgacha yoshlardan iborat; Majlisi Ansorulloh 40 yoshdan yuqori yoshdagi erkak aʼzolardan iborat; Nosirotul-Ahmadiya 7 yoshdan 15 yoshgacha qizlardan iborat; Atfolul-Ahmadiya 7 yoshdan 15 yoshgacha bolalardan iborat.[89]

Xalqaro Ahmadiya Musulmon Jamoati Milliy Jamoatlarga boʻlinadi, ularning har biri Milliy Markazlarga ega. Har bir Milliy Jamoat Mintaqaviy Jamoatlarga boʻlinadi, ular qaytadan Mahalliy jamoatlarga boʻlinadi.[90] Koʻpchilik joylarda har bir mahalliy Jamoatning oʻzining masjidi, markazi yoki targʻibot uyi mavjud. Amir yoki Milliy Prezident Jamaotning markaziy organlari - Milliy Omila yoki Milliy Boshqaruvchilik Qoʻmitasining nazorati ostida boʻladi. Milliy OmilaMilliy Kotiblar, masalan, Bosh Kotib, Moliya Kotibi, Targʻibot ishlari Kotibi, Tarbiyaviy ishlar Kotibi, Taʼlim ishlari Kotibi va hakazolardan iborat boʻladi. Ushbu tartibot oʻz Prezidenti va Boshqaruv Qoʻmitasi bilan mintaqaviy va mahalliy darajada takrorlanadi.[91][92]

Yillik tadbirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiy musulmonlardaboshqa musulmonlar nishonlaydigan Ramazon hayiti va Qurbon hayiti kabi bayramlardan tashqari nishonlaydigan bir qator tadbirlar mavjud, ular diniy bayramlar deb hisoblanmaydi. Shuningdek, ular uchun belgilangan kunlarda ularni nishonlash farz yoki zarur ham emas. Jamoatning eng muhim diniy tadbiri- bu Jalsa Solona yoki Yillik Yigʻin, u Jamoat aʼzolari oʻrtasida diniy bilimni rivojlantirish, garmoniya, doʻstlik va birdamlik-ittifoqni mustahkamlash maqsadida oʻtkaziluvchi Jamoatning rasmiy turdagi yillik majlisidir.[93] „Paygʻambarning siyratlari kuni“, „Masiyhi Mavʼud kuni“, „Vaʼda qilingan Islohotchi kuni“ va „Xilofat kuni“ kabi boshqa tadbirlar ham mavjud.

Ahmadiylarning Rasmiy veb-sayti oʻz aʼzolarining soni oʻn milliondan koʻp ekanini bildiradi, biroq Ahmadiylarning soni har qanday 10 milliondan 20 milliongacha deb aytiladi.[94] Ahmadiy musulmonlar Qurʼoni Karimning faol tarjimonlari va dinni tashviqot qiluvchikishilardir; dunyodagi bir qancha mintaqalarda odamlarni Islomga oʻtkazishib, birinchi boʻlib Islom dini Ahmadiylar orqali tanishtiriladi. Shunday boʻlsa ham, koʻplab musulmon davlatlarida Ahmadiylar murtad va kofir deb hisoblanib, taʼqiblar va koʻpincha muntazam zulmlarga duch kelishadi.

Bangladeshda fundamental musulmon guruhlari Ahmadiylarni „rasmiy“ turda kofir deb qaror chiqarishni talab qilishgan. Ahmadiylar taʼqiblarga olingan guruhga aylanib, ularga qarshilik va zulm harakatlari boʻlmoqda.[95] Xalqaro inson huquqlari tashkilotining maʼlumoti asosida ularga ergashganlar „uy qamogʻi“ga olinishib, bir qanchasioʻldirilgan. 2003-yili Ahmadiya jamoatining barcha adabiyotlari man etilgan.[96]

Hindistonda Ahmadiylarning salmoqli soni bor.[97] Ahmadiylarning aksariyati Kerala, Rojiston, Orisa, Hariyana, Bihor, Delhi, Uttar Pradeshda yashaydi, ozginasi esa Panjob viloyatiga qarashli Qodiyon degan joyda turadi. Hindiston qonuni boʻyicha Ahmadiylar musulmon deb hisoblanishadi. Shahobiddin Imbichi Qoya Tangal bilan K.P. Ahammed Qoya oʻrtasidagi №A.I.R.1971 KER 206 sudlashuvi boʻyicha 1970-yilning 8-dekabrida Kerala viloyati Sudi Ahmadiylarning qonuniy turda musulmon ekanligi toʻgʻrisida tarixiy hukm eʼlon qilgan.[98]Mazkur sudlashuvda sud shunday qaror chiqargan: Ahmadiylar musulmon boʻlib hisoblanadi va boshqa musulmon oqimlari ularga Murtad deb fatvo chiqarishi mumkin emas, chunki ular Islom ustunlarining asosiy ikki eʼtiqodi - Allohdan boshqa hech kim ibodat qilishga loyiq yoʻq va Muhammad Allohning quli va elchisidir degan eʼtiqodga iymon kltirishadi.[99] Shuning uchun Hindistonda Ahmadiylarning diniy faoliyatlariga qandaydir qonuniy toʻsqinliklar yoʻq. Shuningdek, Ahmadiylar oʻzlarining diniga amal qilishga erkin va oʻzllarini musulmon deb aytishadi.[100] Shunday boʻlsa ham, Hindistonda Ahmadiylarga qarshi boshqa oqimlardagi musulmonlar tomonidan baʼzi bir adolatsizliklar qilinadi. Ayniqsa, Hindistonning Islom Universiteti va Dorul-Ulum Diyoband Ahmadiylarga kofir degan fatvo chiqargan.[101] Ahmadiylarga boshqa oqimlarning rahbarlari tomonidan Butun Hindiston Musulmonlarining Shaxsiy Qonun Qoʻmitasiga ishtirok etishga ruxsat yoʻq, u musulmon rahbarlardan iborat oʻzgacha bir mustaqil boshqarma boʻlib, hindiston hukumati uni Hindiston musulmonlarining vakili deb hisoblaydi.[102] 2012-yilning fevral oyida Andra Pardeshdagi Vaqf Qoʻmitasi ilgari yuz bermagan qarorlarni chiqarib, qozilarga Ahmadiya Jamoati aʼzolarini nikohdan oʻtkazmasliklarini aytgan.[103]

Ahmadiya Jamoati Indoneziya mustaqillikni qoʻlga kiritishdan oldin ham u yerda mavjud edi. Shunday boʻlsa ham, Ahmadiya Jamoati Indoneziyada ozchilik hisoblanadi. Ahmadiya Jamoati u yerda 2000-yilda keskin koʻpayshi bilan islomiy fundamentalizm ham oshdi. 2008 yil koʻp musulmonlar Ahmadiya Harakatiga qarshi aktsiyalarga chiqishgan. Yirik namoyishlar orqali ushbu diniy konservativlar (eskilik tarafdorlari) hukumatga bosim oʻtkazib, Indoneziyadagi Ahmadiya Musulmon Jamoatini nazoratga va taʼqibga olishga harakat qilishgan. Indoneziya xalqining fikri Ahmadiya Jamoatiga qanday munosabatda boʻlish kerakligi haqida ikki xil oʻy-fikrni yaratdi:

  • Indoneziyadagi koʻpchilik musulmonlar shunday deb iltimos qilishdi: AhmadiyaIslomningMuhammadAllohningoxirgipaygʻambarideganasosiyeʼtiqodiniradetganiuchunbutunlayman etilsin; Ahmadiylar oʻzlariga islomni din sifatida qoʻllamasliklari kerak. Ular Indoneziyada oʻzlari uchun diniy erkinlik boʻlishini xohlashsa, unda ular oʻzlarining anʼanaviy dinini tutishlari kerak.
  • Ahmadiylarbilanbirgabaʼzibirozchiliklarvabirguruhnodavlat tashkilotlarning fikricha, Ahmadiylar oʻz eʼtiqodlariga yarasha amal qilishga erkin boʻlishi kerak va qonunda berilgan dinni tutish erkinligi huquqidan foydalanib, Islom bayrogʻi ostida oʻzlarini xohlaganday chaqirishlari mumkin.

2008-yilning iyun oyida Ahmadiya aʼzolariga „boshqalarga daʼvat qilish“ huquqini cheklash uchun qonun qabul qilindi.[104]Bir Ahmadiya masjidi yoqib tashlandi.[105] Inson huquqlari tashkilotlari diniy erkinlikka qoʻyilgan bu cheklovlarni tanqid ostiga olishgan. 2011-yilning 6-fevralida Banten viloyatiga qarashli Pandeglang degan joyda baʼzi bir Ahmadiya aʼzolari oʻldirilgan.[106] Oxirgi bir necha yillarda din erkinligiga boʻlgan tazyiqlar kuchayib ketdi, uning ichida jismoniy turda hujumlar uyushtirildi, ayrim guruhlarga ibodat qilish man etildi va ularning masjidlariga oʻt qoʻyildi. Demokratiya va tinchlik Instituti Setoraning maʼlumotlarigakoʻra 2008, 2009 va 2010-yillari 17, 18 va 64 voqealar boʻlgan.[107]Qisqasi, barcha dinlarga koʻrsatilgan bosimlar qamrab olinganiga qaramay, ayni damda Ahmadiylarga qarshi koʻrsatilgan tazyiqlar juda muhim va qoʻrqinchli, undan keyin nasroniylar va oʻzlarining „toza, haqiqiy, fundamentalist musulmonlar“ ekanini bildiruvchi boshqa musulmon oqimlar ham tazyiqqa uchrashgan. 2011-yili mazkur oqim Indoneziyada butunlay „man etilsin“ degan keng tarqalgan chaqiriqlarga yoʻliqqan.[108] 2011-yilning 6-fevralida yuzlab boshqa musulmonlar bir Ahmadiy uyini qurshab olib, uch odamni savab oʻldirishgan. Tayoqlar bilan savab oʻldirilgan odamlarning yalangʻoch jasadlari va politsiya xizmatkorlarining bu voqeani kuzatib turganligi internatga yuklangan va keyinchalik xalqaro mediadan koʻrsatilgan.[109]

Taxminan 2-5 millionga yaqin Ahmadiy Pokistonda yashashadi va u yer yuzida yashagan koʻpchilik Ahmadiylarning uyi boʻlib hisoblanadi.[110] Bu Ahmadiylarni ular Muhammad paygʻambarning oxirgi paygʻambar ekanligiga ishonishmaydi deb rasmiy turda kofir deb qaror chiqargan yakkayu yagonamamlakat. Ularning din erkinligi bir qator farmonlar, qarorlar va qonuniy qoʻshimchalar orqali tortib olingan. 1974-yili Pokiston parlamenti Ahmadiylarni kofir deb qonun chiqargan,[111] davlat bosh qonunidagi musulmon soʻziga „Muhammad paygʻambarning oxirgi paygʻambar ekanligiga ishongan inson musulmon“ degan aniqlik kiritilgan.[112] 1984-yili Pokiston harbiy hukumdori General Ziyoul-Haq №20 qarorniqabul qildi.[113][114][115] „Islomga qarshi faoliyatlarni“ toʻxtatish uchun qabul qilingan qaror Ahmadiylarni oʻzlarini musulmon deb aytishdan yoki „oʻzini musulmon sifatida“ koʻrsatishdan man etdi. Buning maʼnosi, ularga elning oldida oʻz islomiy eʼtiqodlarini qoʻllanish yoki oʻz ibodat joylarini masjid deb aytish man qilindi. Bu amallarni qilgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Pasport yoki Milliy ID kartani olish uchun ariza berilganda, har bir pokistonlikdan Mirzo Gʻulom Ahmadni yolgʻonchi paygʻambar va barcha Ahmadiylarni kofir deb qasamyod qilish talab qilinadi.[116] Nazariy fizika boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan Abdus Salom Ahmadiy boʻlganligi uchun qabriga qoʻyilgan toshdan „musulmon“ degan soʻz oʻchirib tashlangan.[117] Pokistondagi Ahmadiy musulmonlarga tegishli qonun va Konstitutsiyaviy oʻzgarishlarning madaniy oqibati natijasida ularning taʼqib qilinishi va ularga nisbatan nafratli munosabati mamlkatning turli burchaklarida sodir boʻlib turadi. Ahmadiylar har qanday diniy guruhlar bosh boʻlgan bir talay hujumlarga duch kelishgan.[118] Pokistondagi har qanday muslmon oqimlarga qarashli barcha diniy oʻquv joylarida va madrasalarda ayniqsa, Ahmadiya eʼtiqodlarini radetish maqsadida zarur oʻquv materiali oʻqitila boshlandi.[119] 2005-yili Pokistonda oʻtkazilgan „soʻrovnoma“ boʻyicha Pokistondagi xususiy maktablarning oʻquvchilarimamlakatda diniy bagʻrikenglik haqida oʻz oʻy-fikrlarini bildirishdi. Tadqiqotda Ahmadiylar Pokistonning ziyolilar sinflari orasida ham eng kam imkoniyat va fuqarolik huquqlariga ega boʻlgan ozchilik ekanligi aks etilgan. Shuningdek, bu izlanishga koʻra, elita maktablaridagi oʻquvchilar oʻzlarining oʻquvchilariga qaraganda Ahmadiy oʻquvchilarga nisbatan kamroq bagʻrikenglikni koʻrsatishadi. Pokistondagi panjob viloyatida joylashgan maʼlum maktablar, universitetlar va muallimlar tomonidan Ahmadiylar taʼqiblanganlar. Taʼqiblar turli xil ijtimoiy boykot, quvish, qoʻrqitish va soni koʻpchilik oqimlardagi ekstremist studentlar, muallimlar va rektorlar tomonidan Ahmadiy studentlarga qarshi chiqarilgan zulmliklardan iborat.[120] 2010-yilning 28-mayida Ahmadiylarga qarshi juda ham qaygʻuli va halokatli voqea roʻy berib, bir diniy ekstremist uyushmasining (Panjobdagi Tolibon Harakati) bir necha aʼzolari Lohoʻrdagi ikki Ahmadiy masjidiga kirib, oʻt ochishib, undan keyin ularning uchalasi oʻzlarini portlatib yuborishgan. U hujumlar sababli umumiy 86 odam halok boʻlib, 100dan ortiq odam yarador boʻlishgan.[121]Jamoat aʼzolari juma namozini ado etgani masjidlarda yigʻilishgan.[122] U hujumlarga javob sifatida Pokistondagi ozchiliklar vaziri Shahboz Bhatti Ahmadiya Jamoatini koʻrib ketdi.

Falastin hududlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falastindagi mintaqalarda Ahmadiylar tazyiqlarga olinmoqda.[123]

Saudiya Arabistoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiylar Saudiya Arabistonida uzluksiz tazyiqlarga olinmoqda.[124] 2007-yilning 24-yanvarida Human Right Watch degan tashkilot Saudiya Arabistoni podshosi Shoh Abdullohga ochiq xatni yoʻllab, Saudiya Arabistonida Ahmadiya eʼtiqodlariga qarshi diniy tazyiqlarni toʻxtatishni soʻranishgan. 2006-yilning noyabrida va 2007-yilning fevralida ikki xat yoʻllanib, Saudiya Arabistoni hokimiyatiga tanqidiy fikr aytuvchilarning Saudiya Arabistoniga safar uyushtirishiga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlash soʻralgan.[125] Human Right Watch bu xatlarga biror-bir javob qaytarilganini yoki qaytarilmaganini bildirmagan. Saudiya Arabistonining diniy qonuni boʻyicha Ahmadiylar boshqa gʻayrimusulmonlar bilan birga Makkaga borishga chek qoʻyilgan, bu narsa ularning farz ibodati boʻlib hisoblangan haj ziyoratini amalga oshirish imkoniyatiga cheklov kiritgan.

  1. ↑ [Islom va Ahmadiya Jamoati: Tarix, Eʼtiqod, Tajriba]
  2. ↑ Kitoblarning manbalari
  3. ↑ [ing sayt. Ikkinchi Boʻlim Hazrat Ahmad (as)ning fikrlari]
  4. ↑ Barcha Paygʻambarlarning Koʻzgusi
  5. ↑ Birovni boshqa birovda koʻrish maʼlumotnomasi, 312-bet
  6. ↑ Hazrat Mirzo Tohir Ahmad, „Vahiy, aql, bilim va haqiqat“, 7-boʻlim, vahiyning kelajagi
  7. ↑ „Ahmadiya Musulmon Jamoati, ular kimlar?“. Taymz. 27-may, 2008-y.
  8. ↑ „Obzor“. Ahmadiya Musulmon Jamoatining rasmiy sayti.
  9. ↑ „Dinlarning yirik tarmoqlari“. Inglizcha. 28 (ing) 2005.
  10. ↑ „Ahmadiya Musulmon Jamoatining rasmiy sayti: Obzor“.
  11. ↑ Louton, Kim.
  12. ↑ Klouduri Barni „Islom oqimi Suriyaga yigʻilishgan“. Bi-Bi-Si yangiliklari.
  13. ↑ . Verman, Marko Gidi, Ruksandra „Ahmadiy Musulmonlar: xorijda tazyiqqa uchrashmoqda, AQShda esa uy-joy qidirishmoqda“. Xalqaro Respublika Radiosi
  14. ↑ „Ahmadiylar kimlar?“ Bi-Bi-Si yangiliklari. 28-may 2010-y.
  15. ↑ Burxoni, Ahmad Nojib. Qachon Musulmonlar „Musulmonlar“ emas: Ahmadiya Musulmon Jamoati va Indoneziyadagi ikkiyuzlamachilik ustida soʻzlashuv. Santa Barbara, Kaliforniya: Kaliforniya Universiteti.
  16. ↑ Mirzo Gʻulom Ahmad: „Tabligʻ-e-Risolat“, 9-tom, 90-91-bet; Mavlono Murtazo Xon: „Ahmadiyat degan nom va uning zaruriyati“, 1945
  17. ↑ „Islomning mohiyati“ 4-tom
  18. ↑ „Taryaqul-Qulub“, „Ruhoniy Xazoin“, 15-tom, 526-bet.
  19. ↑ (Nemischa) 1990, S. 418-420
  20. ↑ A.R. Dard: Ahmadning tarjimai holi. Xalqaro Islom Nashri. XV-bet.
  21. ↑ (Nemischa) 2007, S. 158]
  22. ↑ „Masiyhi Mavʼud – Joylashtirilgan bashoratlar“. Jamoatning rasmiy sayti.
  23. ↑ „Qurʼoni Karim“. Jamoatning rasmiy sayti.
  24. ↑ Hazrat Mirzo Bashiruddin Mahmud Ahmad: Ahmadiyaga daʼvat. 3-bob, 4-dalil, „Barcha dinlarga oldindan xabarlangan – Masiyhi Mavʼud“ boʻlimi.
  25. ↑ Saymon Ross Valentina. Islom va Ahmadiya Jamoati: tarix, eʼtiqod, amaliyot. Kolumbiya Universiteti Nashri. 32-33-bet.
  26. ↑ Nosir Mahmud Malik, Milliy Tarbiya ishlari Kotibi, AQSH (2007).
  27. ↑ „Islom – bu Xavf yoki Tinchlik Manbai“. Dinlar Obzori.
  28. ↑ Egdunas Rasius. Islom Targʻibotining Koʻp qirrali Xususiyati (PDF) Xelsinki Universiteti. 158-160-bet.
  29. ↑ Maykl Andjelo Gomes. (2005). Qora J. Amerikada afrikalik musulmonlarning tajribasi va merosi. Kembridj Universiteti Nashri. 254-256-bet.
  30. ↑ Timoti Miller (1995). Amerikaliklarning muqobil dinlari. Nyu-York Milliy Universiteti Nashri. 280-bet.
  31. ↑ Maykl Nkuzi Nnam. Afrikada Kolonial Mentalitet. AQSH. 89-bet.
  32. ↑ Mirzo Gʻulom Ahmad: Allohning yolgʻizligi haqida. Jamoatning rasmiy sayti; „Ruhoniy xazoin“, 22-tom, „Haqiyqatul-Vahiy“, 148-bet.
  33. ↑ „Ahmadiya – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“. (PDF). Xalqaro Islom nashri.
  34. ↑ „Ahmadiya – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“. (PDF). Xalqaro Islom nashri. 64-bet.
  35. ↑ „Ahmadiya – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“. (PDF). Xalqaro Islom nashri. 65-bet.
  36. ↑ Vahiyd Ahmad: „Diniy bilim haqidagi Kitob“. 34-bet.
  37. ↑ „Paygʻambarlikning „xotam“ ekanligi – Eng oxirgi Paygʻambar Hazrat Muhammad (SAV)“. Jamoatning rasmiy sayti.
  38. ↑ „Odamning yaratilishidan oldin ham odamzot yer yuzida yashagan“. Jamoatning rasmiy sayti.
  39. ↑ „Ahmadiya – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“. (PDF). Xalqaro Islom nashri. 72-bet.
  40. ↑ „Ahmadiya – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“. (PDF). Xalqaro Islom nashri. 72-bet.
  41. ↑ „Ahmadiya – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“. (PDF). Xalqaro Islom nashri. 72-bet.
  42. ↑ Robert Dannin. Islomdagi Qora Hojilik. 37-bet.
  43. ↑ Xuan Eduardo Kampo. Islom Qomusi. 24-bet.
  44. ↑ Ahmadiya Islomi.
  45. ↑ „Islom“. Jamoatning rasmiy sayti.
  46. ↑ „Iso – Allohning Ardoqli paygʻambari“. Jamoatning rasmiy sayti.
  47. ↑ Shohid Aziz: „Isoning vafoti“. Ahmadiya Anjuman Ishot Islom Lahoʻr (Angliya); Aziz Ahmad Chaudhariy: „Vaʼda qilingan Mahdiy va Masiyh“, 50-bet, „Iso Hindistonga koʻchgan“. Islom Xalqaro Publikatsiyasi Limitid.
  48. ↑ D-r. Aziz Ahmad Chaudhariy: „Vaʼda qilingan Mahdiy va Masiyh“, 50-bet, „Paygʻambarlikning oxirgi ekanligi degan savol“. Islom Xalqaro Publikatsiyasi Limitid.
  49. ↑ „Jihodning toʻxtatilganligi“.
  50. ↑ Saymon Ross Valentina. Islom va Ahmadiya Jamoati: tarix, eʼtiqod, amaliyot. Kolumbiya Universiteti Nashri. 190-bet.
  51. ↑ „Islom jihodining haqiqiy tushunchasi“.
  52. ↑ „Islom Polshaga xavflimi yoki Dunyoviy Tinchlikmi?“
  53. ↑ Matye Guidere: „Islom fundamentalizmining tarixiy lugʻati“. 22-bet.
  54. ↑ „Arxivlardan: nima uchun men Islomga ishonaman?“
  55. ↑ Ayub. K. Ommaya. „Islom dinida ilm-fanni rivojlantirish va inkor etish“.
  56. ↑ Fridman: „Ahmadiy oʻquv-yurtlarida jihod tushunchasi“. 227-bet.
  57. ↑ Fridman: „Ahmadiy oʻquv-yurtlarida jihod tushunchasi“. 227-bet.
  58. ↑ Dovud A. Hanif (2003): „Allohning paygʻambarlari“. „Muslim Sanrayz“ jurnali.
  59. ↑ Saymon Ross Valentina. Islom va Ahmadiya Jamoati: tarix, eʼtiqod, amaliyot. Kolumbiya Universiteti Nashri. 56-bet.
  60. ↑ [Fridman Yohanan (2003): Oldindan xabar davom etadi: Ahmadiy diniy fikrlarning aspektlari va uning oʻrta asrlik foni. Oksford Universiteti Nashri. 21-bet.]
  61. ↑ Lahoʻrdagi Ahmadiya Harakati norasmiy turda oʻz odamlarining 30.000 boʻlib, ulardan 5.000dan 10.000ga yaqini Pokistonda yashaganini eʼlon qilingan. Bu jihatdan olganda, Lahoʻrdagi Ahmadiya harakati chamasi butun Ahmadiya xalqining 0.2 foizini tuzadi. Qaralsin: Saymon Ross Valentina. Islom va Ahmadiya Jamoati: tarix, eʼtiqod, amaliyot. Kolumbiya Universiteti Nashri. 61-bet; „Pokiston: Pokistonda Lahoʻrdagi Ahmadiya Harakati aʼzolarining ahvoli“.
  62. ↑ Mavlaviy Bashir Ahmad Dehlaviy: „Hazrat Mirzo Bashiruddin Mahmud Ahmad“.
  63. ↑ „Hazrat Hofiz Mirzo Nosir Ahmad“.
  64. ↑ Ishtiyoq Ahmad: „Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Osiyoda diniy siyosat“. Retledj. 89-bet.
  65. ↑ Ien Adamson: Allohning bir Bandasi. 127-bet.
  66. ↑ „Masiyhi Mavʼud Xalifalarining tarjimai hollari“.
  67. ↑ Richard S. Martin: Islom va Musulmon Dunyosining Qomusi. 31-bet.
  68. ↑ Devid Bakli: Suvlar qayerda toʻqnashadi: Konvergentsiya i vzaimodopolnyayemost v terapii i teologii. Karnas Kitoblari. 75-bet.
  69. ↑ „Xalifaning zaruriyati“. The Wall Street Journal. 12-may, 2013-yil.
  70. ↑ [„Ozchilikning ozchiligi“]
  71. ↑ „1974-yili „bidʼatchilarning“ chiqishi: haqiqatda nima boʻlgan?“
  72. ↑ „Obzor“. Jamoatning rasmiy sayti.
  73. ↑ Eʼtiqodga qarshi chiqish. „Hyuman rayts votch“. Iyun 2005. 8-bet. „20 millionga yaqin ekanini taxmin qiladi“. – Larri Devriyz, Don Beyker va Den Overmayer. Britaniyalik Koliumbiyadagi Osiyoviy Dinlar. Kolumbiya Universiteti nashri . „Hozirda atalgan Jamoatning 15 millionga yaqin aʼzolari yer yuziga tarqalgan“. – Xuan Eduardo Kampo. Islom qomusi. 24-bet. „Ahmadiya Jamoati aʼzolarining barchasi 2001-yili 10 milliondan ziyodroq deb taxminlangan“ – „Ahmadiya musulmonlari“. pbs.org
  74. ↑ 10dan 20 million degan son dunyodagi musulmon fuqarolarining 0.62 foizidan 1.25 foizigachasini bildiradi.
  75. ↑ Dunyoviy Nasroniy Qomusi boʻyicha Ahmadiya Harakati bir necha yillardan beri eng tez oʻsgan oqimi boʻlib hisoblanadi. Buning uchun uning dastlabki nashriga qaralsin. 2001-yili nashr qilingan nusxada oʻsish tezligi 3.25 foiz deb yozilgan, bu barcha musulmon oqimlar va fiqh maktablarining orasida eng yuqori darajadagi koʻrsatgich. Qaralsin: Devid B. Barrett, Jorj Tomas Kuryan, Todd M. Jonson, Ed. (15-fevral, 2001). Dunyoviy Nasroniy Qomusi. AQShdagi Oksford universiteti nashri.
  76. ↑ Lahoʻrdagi Ahmadiya Harakati norasmiy turda oʻz odamlarining 30.000 boʻlib, ulardan 5.000dan 10.000ga yaqini Pokistonda yashagani eʼlon qilingan. Bu jihatdan olganda, Lahoʻrdagi Ahmadiya harakati chamasi butun Ahmadiya xalqining 0.2 foizini tuzadi. Qaralsin: Saymon Ross Valentina. Islom va Ahmadiya Jamoati: tarix, eʼtiqod, amaliyot. Kolumbiya Universiteti Nashri. 61-bet; „Pokiston: Pokistonda Lahoʻrdagi Ahmadiya Harakati aʼzolarining ahvoli“.
  77. ↑ [Veb-sayt (ing) „Vatanning pastlari“.]
  78. ↑ Ingliz tilidagi qurʼon tarjimasi va Tafsiri. Surrey. Xalqaro Islom Publikatsiyasi. 1870-bet.
  79. ↑ Mirzo Bashiruddin Mahmud Ahmad. Xilofat-e-Roshidah (PDF). Xalqaro Islom Publikatsiyasi.
  80. ↑ Rafiy Ahmad. „Islom xalifati – uning oʻsishi, inqirozi va qaytadan tuzilishi“.
  81. ↑ „Ahmadiyat – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“ (PDF). Xalqaro Islom Nashri. 318-324-bet.
  82. ↑ „Ahmadiyat – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“ (PDF). Xalqaro Islom Nashri. 324-bet.
  83. ↑ Saymon Ross Valentina. Islom va Ahmadiya Jamoati: tarix, eʼtiqod, amaliyot. Kolumbiya Universiteti Nashri. 86-bet.
  84. ↑ „Tashkiliy struktura“.
  85. ↑ „Ahmadiyat – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“ (PDF). Xalqaro Islom Nashri. 324-342-bet.
  86. ↑ „Tahrik-e-Jadid Loyihasi“ (PDF).
  87. ↑ „Tashkiliy struktura“.
  88. ↑ „Tahrik-e-Jadid Loyihasi“ (PDF).
  89. ↑ „Tashkiliy struktura“.
  90. ↑ Jeymi S. Skott. Kanadaliklar dinlari. Toronto Universiteti Nashri. 198-bet.
  91. ↑ „Tashkiliy struktura“.
  92. ↑ „Ahmadiyat – Haqiqiy Islomga Xush kelibsizlar“ (PDF). Xalqaro Islom Nashri. 357-360-bet.
  93. ↑ „Birdamlik va Tinchlik qasamyodini yangilash“. Vashington Post. 5-sentyabr, 2005-yil.
  94. ↑ [Veb-sayt (ing) Eʼtiqodga qarshi chiqish. „Hyuman rayts votch“ Iyun 2005. 8-bet. „20 millionga yaqin ekanini taxminlaydi“ – Larri Devriyz, Don Beyker va Den Overmayer. Britaniyalik Kolumbiyadagi Osiyo Dinlari. Kolumbiya Universitetining nashri. „Hozirda atalgan Jamoatning 15 millionga yaqin aʼzolari yer yuziga tarqalgan“. – Xuan Eduardo Kampo. Islom qomusi. 24-bet. „Ahmadiya Jamoati aʼzolarining barchasi 2001-yili 10 milliondan koʻproq deb taxminlangan“ – „Ahmadiya musulmonlari“. pbc.org]
  95. ↑ „Bir oqimga qarshi zoʻrlik-zoʻravonlik mitingi“. Bi-Bi-Si Yangiliklari.
  96. ↑ Bangladesh: Ahmadiya Jamoati – ularning huquqlari himoyaga muhtoj. Emnesti Interneshnl.
  97. ↑ „Hindistonda Ahmadiylarning soni“. Kanadaning Immigratsiya va Qochqinlar boʻyicha Maslahati. 1-noyabr, 1991-yil.
  98. ↑ Xokuye Ridvanul (21-mart, 2004-yil). „Diniy erkinlik degan huquq va Ahmadiylarning ahvoli“. The Daily Star.
  99. ↑ „1970-yilning 8-dekabrida Shahobuddin Imbichi Qoya Thangal bilan K.P. Ahammed Qoyaning oʻrtasidagi sudlashuv“. Ikki muhim sinovda Ahmadiylar haqidagi shak-gumonlarni bartaraf ettirish uchun chiqarilgan qarorda har qanday matnlar misol sifatida keltirilgan „Allohdan boʻlak ibodat qilishga loyiq hech kim yoʻq...va Muhammad Allohning quli va Elchisi“.
  100. ↑ Xokuye Ridvanul (21-mart, 2004-yil). „Diniy erkinlik degan huquq va Ahmadiylarning ahvoli“. The Daily Star.
  101. ↑ Dorul Uluum Diyobandning Ahmadiylarga qarshi fatvosi.
  102. ↑ Nakviy, Javid (1-sentyabr, 2008-yil). „Diniy zoʻrlik-zoʻravonlik Hindistonni chuqur aqlsizlikda tezlatdi“. Dawn.
  103. ↑ Axloqiyat: Ikki Halqa (20-fevral, 2012-yil). „Qodiyoniylarning nikohini oʻqimanglar: AP Vaqf bord Qozilarga“. Siyosat Urdu Dehli, Haydarobod.
  104. ↑ „Indoneziya Ahmadiylarning faoliyatlarini man etdi“. Osiyo Yangiliklari. I.T. 6-sentyabr, 2008-yil.
  105. ↑ Ahmadiyaga muxolif mulla Ahmadiya masjidlariga oʻt qoʻydi – Indoneziya. Al-Jazira.
  106. ↑ „Qishloqliklar bilan Ahmadiyaga ergashganlarning oʻrtasidagi toʻqnashuvda olti inson halok boʻldi“. Jakarta Post. 6-fevral, 2011-yil.
  107. ↑ Jillian Terzis (18-fevral, 2011-yil). „Indoneziya endi plyuralizm uchun oʻzgacha bir ogohlantirish balo emas“. The Guardian.
  108. ↑ MkGeoun Keyt. „Ahmadiya degan musulmon oqim Indoneziyada taʼqiblarga duch kelishmoqda“. Bi-Bi-Si. 21-aprel, 2011-yil. (Video).
  109. ↑ Allard Tom. Zoʻrlik-zoʻravonlik guruhining toʻqnashuvi oʻlim bilan yakunlangandan keyin sudlashuv boshlandi. The Sydney Morning Herald. 27-aprel, 2011-yil.
  110. ↑ Pokistondagi 1998-yildagi roʻyxat boʻyicha 291.000 (0.2 foiz) Ahmadiy Pokistonda yashaydi. Ahmadiya Musulmon Jamoati 1974-yildan beri roʻyxatga qoʻshilmay qolgan, bu narsa Pokiston rasmiy turda koʻrsatgan son toʻgʻri emasligini dalillaydi. Mustaqil tashkilotlar Pokistondagi Ahmadiylarning soni 2 milliondan 5 million oʻrtasida boʻlishini taxminlashadi. Shunday boʻlsa ham, koʻpincha 4 million degan son aytiladi. Qaralsin: - 2 milliondan ortiqroq: Kanadaning Immigratsiya va Qochqinlar boʻyicha Maslahati (2008-12-04). „Pokiston: Ahmadiylarning ahvoli, uning qatorida qonuniy holati va siyosiy, oʻquv va ishlash huquqlari; jamiyatning Ahmadiylarga munosabati (2006-yilning noyabri, 2008-yil)“. – 3 million: Inson huquqlari boʻyicha Xalqaro Fond: Xalqaro dalil Topish Missiyasi. Oʻy-fikr erkinligi haqidagi Pokistondagi Tashkilot va Assambleya. Sharq 408/2, 2005-yilning yanvari., S. 61 (PDF) – 3-4 million: Xalqaro Din Erkinligi boʻyicha Komissiya: AQShdagi Xalqaro Din Erkinligi boʻyicha Komissiyaning Yillik Hisoboti. 2005-yil, S. 130 - 4.910.000: Jeyms Minaxan: Vatani yoʻq millatlarning Qomusi. Yer yuzidagi etnik va milliy guruhlar. Griynvud Nashri. Vestport 2002-yil. 52-bet – „Pokiston: Lahoʻrdagi Ahmadiya Harakati aʼzolarining Pokistondagi ahvoli“.
  111. ↑ Xon, Naviyda. „Hokimiyat gunohlari: Savdo belgisi orqali ruhoniy masalalarga xizmat qilish“. Saroy Riyder, 2005-yil: Yalangʻoch Deyan. 184-bet.
  112. ↑ „1974-yili bosh qomusga qilingan (ikkinchi qoʻshimcha)“.
  113. ↑ Parlamentga tavsiya qilingan tavsiyanomani shu joyda koʻrish mumkin: Xon, Naviyda. Mahzarnoma (PDF). Xalqaro Islom Nashri.
  114. ↑ Xon, Naviyda. „Hokimiyat gunohlari: Savdo belgisi orqali ruhoniy masalalarga xizmat qilish“. Saroy Riyder, 2005-yil: Yalangʻoch Deyan. 178-bet.
  115. ↑ Hayner Bilefeldt: „Inson Huquqlari masalasida musulmonlarning ovozlari“. Chorak inson huquqlari, 1995-yil 17-tom 4-son 587-bet.
  116. ↑ Hanif , Muhammad (16-iyun, 2010-yil) „Nima uchun Pokistondagi Ahmadiya Jamoatiga rasmiy turda nafrat qilinadi?“ Bi-Bi-Si Yangiliklari.
  117. ↑ Hanif, Muhammad (16-iyun, 2010-yil) „Nima uchun Pokistondagi Ahmadiya Jamoatiga rasmiy turda nafrat qilinadi?“ Bi-Bi-Si Yangiliklari.
  118. ↑ Ahmadiya Jamoatining Pokistonda taʼqiblarga uchraganligi: Xalqaro qonun Xalqaro aloqa-vositalar asosida bir tahlil. Inson Huquqlari boʻyicha Garvard Jurnali, 16-tom sentyabr 2003. „Pokistonda bir oqimga qilingan hujumda sakkiz inson halok boʻldi“. Bi-Bi-Si Yangiliklari.
  119. ↑ Tariq Rahmon: Notanish dunyolarning turgʻunlari. T. Rahmon – Zamonaviy Janubiy Osiyo, 2004. Pokistondagi Oʻquv Tizimiga bir obzor. 15-bet.
  120. ↑ „Ahmadiylar: yorugʻlikning tayogʻi eng yomon nafratlanishni tortib oladi“. (Dawn. 28-oktyabr 2011-yil).
  121. ↑ „Aniqlik – Lahoʻrdagi hujumlarda 86 Ahmadiy halok boʻldi“. Jamoatning rasmiy sayti. 12-iyun, 2010-yil.
  122. ↑ „Pokistondagi masjidlarga qilingan hujumlardan bir necha insonlar yoʻq boʻldi“. Bi-Bi-Si Yangiliklari. 28-may, 2010-yil.
  123. ↑ Veb-sayt (ing)
  124. ↑ „Saudiya Arabistonida Ahmadiylarning taʼqiblarga uchraganligi“. Persecution.org.
  125. ↑ „Shoh Abdullohga xat“. XRV. 8-fevral, 2007-yil.